O‘zbekiston prezidenti Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi bilan tanishdi. Xususan, Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanida noyabr oyida foydalanishga topshirilishi kerak bo‘lgan yangi podstansiyani ko‘zdan kechirdi.
Jahon iqtisodiy forumi hisobotiga ko‘ra, yaqin bir yilda energiya inqirozi, yashash xarajatlarining o‘sishi, oziq-ovqat taqchilligi, uzoq va o‘rta istiqbolda esa tabiiy ofatlar, iqlim, resurslar inqirozi hamda ular keltirib chiqaradigan ijtimoiy-iqtisodiy tanazzul va beqarorlik jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Toshkentliklar poytaxtning so‘nggi ayozli kunlardagi og‘ir ahvoli viloyatlar aholisi uchun odatiy ekani haqida ko‘p eshitdi. «Gazeta.uz» O‘zbekiston hududlari aholisi bilan suhbatlashib, bu yilgi qish avvalgilaridan nimasi bilan farq qilayotgani, gaz, «svet» va transport muammolari haqida so‘radi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzordagi ko‘zi ojizlar yotoqxonasida sutkalab chiroq o‘chayotgani, mas’ullar esa bunga e’tibor bermayotgani haqida xabarlar tarqaldi. «Gazeta.uz» muxbiri Mirolim Isajonov nafaqat qahratonda, balki jaziramada ham muammolar iskanjasida qoluvchi ushbu yotoqxonada bo‘lib qaytdi.
Toshkentda elektr energiyasini tejash maqsadida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, savdo-ko‘ngilochar markazlari hamda istirohat bog‘larining ish vaqti cheklandi. Oziq-ovqat do‘konlari va umumiy ovqattlanish shoxobchalari faoliyati bundan mustasno.
Ukraina energetika obyektlariga ommaviy raketa hujumi uyushtirilishi oqibatida mamlakat yagona energetika tizimining 50 foizi yo‘qotildi. Shuningdek, Krivoy Rogdagi turar-joy binosi ham o‘qqa tutildi.
Qozog‘istonda elektr energiyasi iste’moli rekord darajada oshgani sababli yirik sanoat korxonalari uchun cheklovlar joriy etilmoqda. Elektr taqchilligi Rossiyadan import qilish hisobiga qoplanyapti.
O‘zbekistonda birinchi qor yog‘ishi bilan energiya tizimi inqirozga yuz tutdi. Bunga asosan aholi soni oshib borayotgani sabab qilib ko‘rsatildi. Xorijdagi yirik shaharlarda ham shunday muammo bormi? Ularda ham gaz va «svet» tez-tez o‘chadimi? «Gazeta.uz» ayni shu mavzuda chet eldagi o‘zbeklar bilan suhbatlashdi.
Namangan shahar kengashi deputati qamalmaganlargina gaz va elektr muammolaridan noliyotganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, qamoqda bo‘lganlar erkinlik va tinchlikning qadriga ko‘proq yetadi, ular uchun «gaz-svet muammosi ahamiyatsiz». Bu post sabab ko‘tarilgan shov-shuvlar ortidan uning deputatlik vakolati tugatildi.
Germaniya «Shimoliy oqim 2» quvurini sertifikatlash jarayonini to‘xtatib qo‘ygach, Yevropada gaz narxlari 17 foizgacha ko‘tarildi. Quvurni tasdiqlash tartibi liniyaning Germaniyadagi qismiga egalik qiluvchi sho‘ba korxona tashkil etilgunga qadar to‘xtatib turiladi. Loyihani ishga tushirish 2022 yilning mart-aprel oylari yoki yilning ikkinchi yarmigacha cho‘zilishi mumkin.
7 oktabr kuni gaz fyucherslari narxi keskin — 22 foizga pasayib, ming kubometr uchun 1000 dollardan kamroqni tashkil qildi. Financial Times nashri gaz narxlari qulashini Rossiya prezidenti Vladimir Putinning energetika masalalari yuzasidan qilgan chiqishi bilan bog‘lamoqda. RT nashriga ko‘ra, ekspertlar Yevropa gaz bozoridagi vaziyat vaqt o‘tishi bilan muvozanatga kelishi mumkinligiga ishonch bildirmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting